Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan futbolchi Bundesligada sehrli tayoqchaga aylanib qoldi

  • 3 yanvar, 2021, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning “Gerta” klubi forvardi Kshishtof Pyontek kecha “Shalke”ga (3:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Gracenote nashrining yozishicha, polshalik hujumchi 2020 yilning may oyidan buyon, ya’ni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan chempionat restartidan buyon Bundesligada 9 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 6 ta gol urishga erishdi.

So‘nggi paytlarda “Jenoa”ga qaytishi aytilayotgan Pyontek joriy mavsum Germaniya chempionatida o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!