Shomurodovdan engilgan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini bosadi!

  • 7 iyul, 2022, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Roma”dan ijaradan qaytgan Borxa Mayoralni jamoaning asosiy to‘purari Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida o‘ynatmoqchi.

Tecno

“Qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Mayoral aslida mavsum oxirida “Roma” tomonidan transfer qilinishi kutilgandi. Biroq, o‘tgan yili Rim jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Joze Mourinoga ispan hujumchisining harakatlari ma’qul kelmadi.

Mayoral ichki raqobatda Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovga imkoniyatni boy berganidan keyin rimliklar yanvarda uni “Xetafe”ga ijaraga jo‘natdi.

Endi Mayoral yana Madridga keldi va yangi mavsumni “Real”da boshlaydi.

Bu o‘yinchi “Real”dagi debyutini 2015 yilda nishonlagan bo‘lsa-da, asosiy tarkibga kira olmaganidan turli jamoalarda ijarada o‘ynashga majbur bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!