Shomurodov uni tinchlantirdi, biroq bu o‘yinchi o‘zini kechirolmayapti!

  • 20 mart, 05:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”ning joriy mavsumdagi eng drammatik uchrashuvlaridan biri Evropa ligasi nimchorak final bosqichidagi javob uchrashuvi bo‘ldi.

O‘z maydonidagi ilk o‘yinda Eldor Shomurodovning so‘nggi soniyadagi goli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongan rimliklar javob uchrashuvida qaqshatqich zarbaga  uchratdi. Klaudio Raneri shogirdlari musobaqa favoriti sifatida tilga olingan bo‘lsa-da, Bilbaodagi 1:3 hisobidan keyin ular yurishni to‘xtatdi.

Bellashuvning kulminatsion nuqtasi “Atletik” muxlislari ko‘z o‘ngidagi uchrashuvning 11-daqiqasiga to‘g‘ri keldi. Tajribali himoyachi, jahon chempioni Mats Xummels  avvaliga to‘pni raqibga berib qo‘ydi, keyin xatosini to‘g‘rilish ilinjida unga tashlandi. Oqibatda qizil kartochka ishlab oldi.

80 daqiqadan ko‘p bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan rimliklar “Atletik”ning bosimiga dosh berolmadi.

Bellashuvdan keyin Eldor Shomurodov ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Mats Xummelsni qo‘llab-quvvatladi.

- Sakson daqiqa o‘n kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin. “Atletik” kuchli jamoa. Biz borimizni berdik, bor kuchimiz bilan harakat qildik. Natija uchun afsusdamiz. Muxlislar shu ergacha keldi.

Bu futbol va unda hamma xato qiladi. Biz Xummels uchun ham oxirigacha kurashdik, biroq birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib yubordik. Bu psixologik jihatdan og‘ir zarba bo‘ldi. Biz  shunda ham oxirigacha kurashdik, afsuski, o‘xshamadi.

Xummels hammadan uzr so‘radi. Bu futbol, hammamiz ham xato qilamiz. Biz u bilan birdammiz.

Biz bir oiladekmiz. Biz hozirgacha nima qilgan bo‘lsak, shu ishlarni davom ettirishim va oxirigacha kurashishimiz lozim. Hali chempionatda ko‘p o‘yinlar bor.  Natija qanday bo‘lishini oxirida ko‘ramiz, - dedi Eldor Shomurodov.

“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan romaforever.it sayti jurnalisti Francheska Di Noraning yozishicha, germaniyalik himoyachi o‘z xatosini unuta olmayapti va ruhan qiynalyapti. Xummels jurnalistlar bilan suhbatda buni tan oldi.

- O‘sha voqeadan keyin men o‘z qadriyatlarimni bir qayta ko‘rib chiqdim. Bu mening faoliyatimda yo‘l qo‘yilgan eng katta xato ekaniga shubham yo‘q. Butun faoliyatim davomida himoyachi sifatida to‘rt marta qo‘pol xato qilganman, biroq ularning hech biri Bilbaoda bo‘lgani kabi jamoaning natijasiga salbiy ta’sir o‘tkazmagan.

To‘g‘risi, menga juda qiyin bo‘ldi. Kiyim alishtirish xonasida o‘tirib, jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga umid qilish, ayniqsa, sen tufayli har bir jamoadoshing yanada ko‘proq ter to‘kishga, mashaqqat chekishga majbur ekanini his etish juda qiyin bo‘larkan, - dedi Mats Xummels.

Ta’kidlash joizki, Bilbaoda boy berilgan uchrashuv “Roma” uchun 2025 yildagi hozircha birinchi va yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.  

Toshkentda yurgan Husanovni Angliyada esga olishdi!

Kutilmagan xulosa: Fayzullaev Rossiyadan “surishi” kerak!

Premer-liga antirekordchisi Husanovga qanday baho berdi?

Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...

Husanovga yaxshi yangiliklar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!