Shomurodov transferi: “Roma” yakuniy narx belgiladi, uch klub qattiq kurashmoqda!

  • 25 dekabr, 2022, 23:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2 yanvar kuni Italiyada qishki transferlar oynasi ochiladi. “Roma” jamoasi ham klub xayrlashadigan va olib keladigan futbolchilari ro‘yxatini shakllantirib bo‘lgan. Tyagu Pinto barcha transferlar bo‘yicha nazoratni o‘zida saqlab turibdi.

Tecno

Italiya matbuoti qishki transferlar oynasida Eldor Shomurodovning bozori qizg‘in kechishi kutilmoqda.

gettyimages-1449670188-612x612

Aslida anchadan beri A Seriyaning bir necha klubi – “Montsa”, “Spetsiya”, “Kremoneze”, “Sassuolo”, “Fiorentina”, “Torino”, “Sampdoriya”, “Bolonya”dan qiziqish borlishi haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Hatto bir necha klub bo‘lajak transfer bo‘yicha “Roma”ga murojaat qilgan, ayrimlari hamon kelishishga urinishni davom ettiryapti.

“Roma” rahbariyati o‘zbekistonlik legioneri bilan to‘liq xayrlashishga tayyorligi bir necha manbaa orqali tasdiqlandi.

Sportga ixtisoslashgan mashhur nashrlaridan biri Corriere della Sera gazetasi Rim klubi Eldor Shomurodov transferi uchun avvaldan talab qilib kelgan 12 million evro miqdoridagi summani biroz pasaytirdi.

Yanvarda legionerimizni to‘liq transfer qilmoqchi bo‘lgan klub “Roma” g‘aznasiga 10 million evro o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi. Eldorni mavsum oxirigacha ijarada o‘ynatmoqchi bo‘lgan klublar futbolchini yozda belgilangan summaga xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eldor Shomurodov uchun hozirning o‘zida uchta klub da’vogar. Qishda hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilayotgan “Torino”, “Fiorentina” va “Sampdoriya” o‘zbek hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, deb xabar tarqatdi https://www.calciomercato.com sayti.

Da’vogar klublar orasida turinliklar va florentsiyaliklar an’anaviy tarzda Evrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashib keladi. “Sampdoriya” esa bu mavsumda A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolishga harakat qilyapti.

Eldorning o‘zi “Torino”ga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rayotgani haqida bir necha manba xabar tarqatdi. Bu transferning amalga oshishiga Rim klubi ijara variantiga ko‘nmay, talab qilinayotgan summani birdaniga to‘lash sharti to‘sqinlik qilib turibdi.

Transfer mutaxassislar rimliklarning bu talabini 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodovni transfer qilish uchun “Jenoa”ga ancha katta summa – 18 million evro to‘lagani bilan izohlamoqda.  

Xulosa qilib aytganda, Eldor Shomurodovning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishining ehtimoli katta. Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi va sardoriga muntazam o‘yin amaliyoti kerak. Joze Mourinon “Roma”ning o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham Shomurodovga boshlang‘ich tarkibdan joy berayotgani yo‘q, faqatgina bir necha daqiqa o‘ynatmoqda.

732748_original

Shundan kelib chiqqan holda, Eldor ham Rim klubidan ketib, boshqa jamoada nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kutilmoqda.

Shomurodov “maxsus” terma jamoaga tushdi!

To‘purar hujumchimiz maoshni tanlasinmi yoki Moskva klubini?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!