
Shohjaxon Abdullaev professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi
Bugun, 6 avgust kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Shohjaxon Abdullaev ham professional yo‘nalishdagi debyut jangini o‘tkazadi.
U mezbonlar vakili German Skobenko (5-12-2, 2 KO) bilan jang qiladi.
Mazkur jang kechasi Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi kutilmoqda. Hamyurtimiz Ishtirokidagi jangni quyidagi havola orqali jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar