Shohjahon Ergashev nima uchun qaytganiga izoh berdi, Salita u haqda qanday fikrda?

  • 2 fevral, 2022, 10:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana o‘zining eski promouterlik kompaniyasi "Salita Promotions" bilan yangilangan shartnomaga imzo chekkani haqida xabar bergan edik. Ergashev qaytishi sababini Boxingscene.com saytiga ma’lum qildi.

Tecno

"Men o‘zimni juda ilhomlangan his qilmoqdaman va ringdagi raqobatda ustunlik qilishga tayyorman. Salita bilan kelishuvim ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘ldi va men faoliyatimni davom ettirishdan xursandman. Amerikalik muxlislarni sog‘indim va yana bir bor ringda ajoyib nokautlar va hayajonli janglar bilan kuch va mahoratimni namoyish etishga tayyorman”,-dedi Ergashev.

U bilan qayta shartnoma imzolagan Dmitriy Salita Ergashevning kelajagi haqida juda xursand ekanligini aytdi.

"Men boks sportidagi kuchli pancherlargan biri bo‘lgan ajoyib salohiyatli bokschidan mamnunman. Biz Shohjahon Ergashevni xalqaro boks yulduziga aylantirish yo‘lida birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”,-dedi Salita Promotions rahbari Dmitriy Salita.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Salita promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmagan janglarda ishtirok etgani uchun kompaniya tomonidan sudga berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, sud nihoyasiga etdi va tomonlar kelishuviga erishdi.

Yo‘g‘e? Ketganiga ko‘p bo‘lmagan Shohjahon Ergashev yana boksga qaytdi (foto)

Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashevga: "Qaytish niyating bo‘lsa, men kutaman", Ergashev ham unga javob berdi...

Ana xolos! Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
aziznur
02/02/2022 10:38
Omad
Baxil Alihuja
02/02/2022 12:37
Келишув билан тинчлик билан хал килиш яхши
Aziz Yuldashev
02/02/2022 10:39
Тушунарли, Салитага жахл қилиб кетмоқчи бўлган шекилли Эргашев