
Shevchenkoning Ukraina terma jamoasidagi o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
Ukraina futbol assotsiatsiyasi terma jamoaning bo‘lajak bosh murabbiyi nomini e’lon qildi.
Sport.ua tarqatgan xabarga ko‘ra, Andrey Shevchenkodan bo‘shagan lavozimga BAAning "Al-Ayn" klubi bosh murabbiyi Sergey Rebrov tayinlanadi.
Rebrov terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionati va “Evro-2024” saralash bahslarida boshqaradi. Evropa chempionatiga saralash bosqichida qayd etiladigan natijalardan keyin shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, 47 yoshli mutaxassis BAAning "Al Ayn" jamoasi bilan terma jamoaga tayinlanishiga to‘sqinlik qilgan barcha masalalarni hal qilgan.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi 9 avgust kuni Rebrovni terma jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman ommaga tanishtiradi.
Fikrlar