
"Shaxtyor" Soligorsk ustozi yirik hisobdagi g‘alabadan keyin shogirdlarini e’tirof etdi
Belarus chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" Soligorsk - "Vitebsk" o‘yini yakunlandi. Mezbonlar bosh murabbiyi Roman Grigorchuk bahs yakunida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Barcha ehtimoliy jarayonlarga oldindan tayyorlangan edik. Men raqibimizning avvalgi o‘yinlardagi harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatdim. “Vitebsk” futbolchilari bizga qarshi 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynadi. Bunga tayyor edik. Biz ushbu raqib bilan o‘yinga yaxshi tayyorlanganimiz bois, muammolar kuzatilmadi. Vazifamiz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, bahsni nazorat qilish.
Mamnuniyat bilan ayta olamanki, bizda barchasi ajoyib tashkillashtirilgan. O‘z futbolchilarimni yaxshi bilaman va ularga to‘liq ishonaman. Ular juda tirishqoq va himjihatlikda ishlaydi. Bu hozirgi vaqtda bizga eng zarur bo‘lgan jihat hisoblanadi".
Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev to‘liq harakat qildi va 88-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar