
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 40 ming dollar yutdi, g‘oliblik Nakamuraga nasib etdi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasidagi ishtiroki yakunlandi.
Hamyurtimiz 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ta’kidlash kerakki, sovrin jamg‘armasi 400 ming dollarni tashkil etgan “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasining 4-o‘rini uchun 40 ming dollar mukofot ajratilgan.
Musobaqaning final bahsida esa rossiyalik Yan Nepomnyashiy AQSh vakili Xikaru Nakamuraga qarshi bahsi dona surdi. Unda 3:2 hisobida Nakamuraning qo‘li baland keldi va u musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning kuchli 8 taligiga kirgan shaxmatchilar quyidagicha mukofotlanadi:
1-o‘rin: 150.000$
2-o‘rin: 85.000$
3-o‘rin: 55.000$
4-o‘rin: 40.000$
5-o‘rin: 25.000$
6-o‘rin: 20.000$
7-o‘rin: 15.000$
8-o‘rin: 10.000$
Fikrlar