
Shartnoma uzaytiriladi! Messining yangi kelishuvdagi maoshi qancha bo‘lishini bilasizmi?
PSJ hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Bir qator frantsuz nashrlarining xabar berishicha, Leo parijliklar bilan hamkorlikni yana bir yilga davom ettiradi. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning maoshi 40 million evro bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bunga qadar Messi Parij klubidan yillik 35 million evro maosh olayotgandi.
Joriy mavsum u PSJ safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol hamda 19 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar