
Sexudo:"Hammasi yoki hech narsa"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo(16-3) Merab Dvalishvili(16-4) bilan bo‘lajak jang haqida gapirdi.
Xususan, Genri bo‘lajak jangda mag‘lub bo‘lsa, faoliyatini yakunlashini ta’kidladi.
“Jangimiz g‘olibi chempionlik jangi uchun asosiy davogarga aylanadi. Sterlingga yutqazaman deb o‘ylamagan edim. Agar yana yutqazsam, katta ehtimol bilan jangdan voz kechishim kerak. Aytmoqchimanki, bizda ish juda qiyin. O‘quv lagerlari, oila mas’uliyati – hammasi murakkab. Shuning uchun, bo‘lajak jangda men uchun hammasi yoki hech narsa", - dedi Sexudo.
Eslatib o‘tamiz, Sexudo va Dvalishvili o‘rtasidagi qarama-qarshilik 17 fevral kuni Anaxaym shahrida, "UFC 298" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar