
Serxio Ramosga yangi xaridor chiqdi
“Real”dagi faoliyatidan so‘ng PSJga ko‘chib o‘tgan Serxio Ramos Frantsiya chempionatini ham tark etishi kutilmoqda.
Footmercato nashrining xabar berishicha, ispaniyalik himoyachiga AQShning “Los-Anjeles Geleksi” klubi jiddiy qiziqish bildiryapti.
35 yoshli futbolchi parijliklar safida atigi beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi. U jarohat tufayli joriy mavsumning 29 ta o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Ramosning parijliklar bilan kelshuvi kelasi yili yozda tugaydi. Transfermarkt portali qator sovrinlar sohibini 8 million evroga baholmoqda.
Fikrlar