
Sergey Fomin Belgiyada javlon urmoqda
Belgiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "J1" tasnifidagi "Charleroi-Marcinelle" turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin o‘z ishtirokini ikkinchi davradan boshladi.
Unda tennisimiz gollandiyalik Kristian Lerbini 6:2, 5:7, 6:2 hisobida taslim qildi. Shu tariqa Sergey musobaqaning uchinchi bosqichida mezbonlar vakili Oliver Royas bilan o‘zaro bellashadigan bo‘ldi.
Juftliklar o‘rtasida esa S.Fomin avstraliyalik Stefan Storch bilan tandem hosil qilib, lyuksemburglik Kris Rodesh va shveytsariyalik Jeffer Von Der Shulenburgni 6:3, 7:5 hisobida taslim qildi.
Fikrlar