
Serena Uilyamsning o‘pkasida muammo bor!
Tajribali va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan tennischi – Serena Uilyams pandemiya sabab yuzaga kelgan karantin haqida quyidagicha gapirdi.
"Men ko‘p vaqtimni uyda o‘tkazmoqdaman. Mart oyidan beri hech kim bilan aloqa o‘rnatmadim. Mening nafas yo‘llari bilan bog‘liq muammolarim bor. Shu sababli koronavirusga chalinib, halok bo‘lishdan qo‘rqaman. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishongim kelyapti.
Ko‘chaga chiqqan vaqtimda yonimda 50 dan ortiq yuz niqoblarini olib yuraman va ularni tez-tez almashtiraman. Tennis o‘ynashni yaxshi ko‘raman, lekin salomatlik hammasidan muhim", - deydi Serena.
Fikrlar