
Sensatsiya: Niko Uilyams yangi jamoa tanladi
“Atletik” yulduzi Niko Uilyamsning kelajagi yana futbol jamoatchiligi diqqat markazida. Evropa ligasida “Roma”ni yanchib tashlaganidan Niko Uilyamsga bo‘lgan e’tibor yana kuchaydi.
Sky Sport ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi yozda Bilbaoni tark etishi kutilmoqda va uning o‘zi “Bavariya”ga o‘tishga moyillik bildiryapti.
Uilyams ichki va xalqaro musobaqalarda nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan jamoada o‘ynash istagini yashirmayapti. “Bavariya” esa, hujum chizig‘ida ayrim o‘zgarishlar qilishga bel bog‘lagan.
Myunxenliklar tajribali hujumkor futbolchi Leroy Sane bilan xayrlashishga qaror qilgan va uning o‘rniga aynan Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.
Ta’kidlash joizki, yozgacha bilbaolik hujumchining fikri o‘zgarishi mumkin. Chunki bu o‘yinchini o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘layotgan jamoalar soni tobora ortib boryapti.
Fikrlar