Seni hurmat qilishmaydi, u erdan tezroq ket!

  • 2 yanvar, 2022, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aston Villa”ning sobiq hujumchisi Nabriel Agbonlaxor “Norvich Siti” muxlislarini tanqid qildi va bu jamoada ijarada o‘ynayotgan “Chelsi” futbolchisi Billi Gilmorga u erdan ketishni tavsiya qildi.

Tecno

“Norvich” 2021 yilni muvaffaqiyatsiz yakunladi. Ular joriy mavsumda atigi ikki marta g‘alaba qozondi xolos. Muxlislar barcha futbolchilarni ayblay boshladi va Gilmor ham bundan quruq qolgani yo‘q. Xususan, ashaddiy ishqibozlar Gilmorni “Chelsi”ga qaytib ketishini talab qilmoqda.

Agbonlaxor esa, yosh futbolchini himoya qilmoqda.

- “Norvich” muxlislarining odobsizligiga ishonib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, o‘yinchilarni haqorat qilayotganlar ko‘pchilik emas.

Gilmor 20 yoshli o‘yinchi, hammamiz uning Shotlandiya terma jamoasi safida nimalar qila olganini ko‘rdik. “Chelsi”da ham zo‘r o‘ynagan. “Chelsi”ning rahbarlari  o‘rnida bo‘lganimda uni qaytarib olardim.

Billiga narsalarini yig‘ishtirib, yanvarda uning kuchli tomonlaridan foydalana oladigan o‘ziga mos boshqa klub topishini maslahat bergan bo‘lardim, - dedi Agbonlaxor.

Billi Gilmor joriy mavsumda “Norvich” tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning jamoasi 19 ta uchrashuvda o‘nta ochko jamg‘arib, oxirgi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!