
Senga Messidan ham ko‘p to‘laymiz!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real” safiga o‘tishi va bu masala allaqachon hal bo‘lgani haqida xabarlar ko‘p tarqatilmoqda.
23 yoshli hujumchi parijliklarning bir necha takliflarini qabul qilmadi. Biroq, klubning yangi shartnomasi Mbappega ma’qul kelgani aytilmoqda va yosh yulduz tez orada fikrini o‘zgartirishi kutilyapti.
Unga ko‘ra, PSJ Mbappega qisqa muddatli – ikki yillik shartnoma bergan va unga ko‘ra, ular har bir mavsum uchun 40 million evrodan maosh to‘laydi. Agar Kilian bu taklifni qabul qilsa, jamoaning maoshi eng katta o‘yinchisiga aylanadi va bu borada Lionel Messi va Neymarni ortda qoldiradi.
Hozir Lotin Amerikasining bu ikki vakili yiliga 36 million evrodan maosh olmoqda.
Aslini olganda Mbappe jamoaga Messi va Neymardan ko‘p foyda keltiryapti. Joriy mavsumda u jami 26 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 15 ta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar