
"Selta" o‘z to‘purari bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi
"Selta" klubi forvardi Yago Aspas jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi vigoliklar bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan kelishuvni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Aspas “Selta” safiga 2015 yil “Sevilya”dan 5,3 mln evroga evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar