
Saudiya chempionatiga yana bir jahon chempioni kelmoqda!
Argentina terma jamoasi va Madridning “Atletiko” klubi markaziy yarim himoyachisi Rodrigo de Paul faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, 30 yoshli futbolchiga Jiddaning “Al-Ahli” klubi qiziqish bildirmoqda. Rodrigoning transfer narxi esa 30 million evroga baholanmoqda. Argentinalik futbolchining madridliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
De Paul "Atletiko" sharafini 2021 yildan beri himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar