
Saudiya Arabistoni himoyachisi: Men Messiga g‘alaba qozonmasligini aytdim
Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisi Ali al-Bulayxi Argentinaga qarshi o‘yinida hujumchi Lionel Messi bilan suhbatlashdi. O‘yindan keyin fulbek PSJ forvardi bilan nimalarni gaplashgani haqida aytdi.
"Men Messiga g‘alaba qozonmasligini aytdim", - deya Bulayxining so‘zlarini keltiradi "Goal".
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni bugun Lionel Messi boshchiligidagi Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Ikkinchi turda Saudiya Arabistoni Polshaga, Argentina esa Meksikaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yinlar 26 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar