Sarri: Iguainga pandemiyasi jiddiy zarba bo‘ldi

  • 27 iyun, 2020, 11:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shogirdi Gonsalo Iguainning "Lechche"ga qarshi o‘yindagi harakatlariga baho berdi.

Tecno

Ushbu bahsda argentinalik futbolchi 77 daqiqada maydonga tushib, 83 daqiqada gol kiritishni uddaladi.

Karantin talablari joriy etilganiga qaramasdan futbolchi Italiyani tark etib, koronavirus yuqtirib olgan onasiga g‘amxo‘rlik qilish uchun Argentinaga qaytib ketgan edi.

"Iguain shaxsiy hayotida qiyin davrlarni boshidan o‘tkazdi. Pandemiya unga jiddiy zarba bo‘ldi. Hozir u o‘ziga kelib, o‘yinini tiklab borayotganidan xursandman. U mavsum so‘nggida bizga ko‘p narsalar beradi", - deydi Sarri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!