
Sarri bilan kelisha olmagan hujumchi "Yuventus"dan ketadi
“Yuventus” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Federiko Bernardeski bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, 26 yoshli futbolchi “keksa sinora”ni o‘tgan qishki transferlar davridayoq tark etish istagini bildirgan edi. Unga “Milan”dan jiddiy takliflar bo‘ldi. Biroq, yakunda ushbu transfer amalga oshmay qoldi.
Mauritsio Sarri “Yuventus” bosh murabbiyi lavozimiga kelgach, Bernardeski u bilan kelisha olmadi. Natijada, murabbiy Federikoni maydonga tushirmay qo‘ydi.
“Yuventus” Federiko Bernardeskini 2017 yil 40 mln evro evaziga “Fiorentina”dan sotib olgan edi.
Fikrlar