
Sardorning "Napoli"ga o‘tayotgani rostmi?
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Sardor Azmun o‘ziga “Napoli”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Men bu haqda hech narsa bilmayman. Men ham buni yangiliklardan o‘qidim. Mening “Zenit” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor. Nimalar bo‘lishini ko‘ramiz”, - deydi 25 yoshli eronlik hujumchi.
Azmun joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar