
Sardorlik bog‘ichi Messiga beriladi
"Inter Mayami"ning sardorlik bog‘ichi argentinalik hujumchi Lionel Messiga beriladi. Bu haqda TyC Sports jurnalisti Gaston Edul xabar berdi.
Bundan tashqari Messi va Buskets jamoa mashg‘ulotlaridan so‘ng tarkibdagi yosh futbolchilari bilan qo‘shimcha ravishda shug‘ullanib, ularga maslahat berishgan.
36 yoshli argentinalik futbolchining MLS klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Messi "Inter Mayami"da 10-raqam ostida o‘ynaydi.
Hujumchi jamoadagi debyutini 21 iyul kuni "Krus Asul" jamoasiga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar