
Sardor Rashidov: "Paxtakor"da hamma narsa o‘zgargan" (intervyu)
O‘rtoqlik o‘yini doirasida "Paxtakor" Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi bilan kuch sinashdi. Jangovor o‘tgan o‘yinda "sherlar" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvdan keyin Toshkent klubi futbolchisi Sardor Rashidov SPORTS.uz saytiga kichik intervyu berdi. Marhamat, quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
- Assalomu alaykum, Sardor aka! Bugungi o‘yin haqida qanday fikr bildira olasiz?
- O‘yin yaxshi o‘tdi. Birinchi navbatda, muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Shunday sovuq havoda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Oxirgi bahslarimiz ajoyib va biz xohlagandek o‘tmoqda. Biz chempionatga yanada kuchliroq bo‘lib qaytmoqchimiz. "Paxtakor" faqat chempionlik uchun kurashadi va shuni maqsad qiladi.
- Qaytishingizni bunday gol bilan nishonlashingizni kutganmidingiz?
- Ochig‘i, shunaqa niyatim bor edi. Ketishim oldidan ham shunday gol urgandim. Qaytishda ham shu holat takrorlandi.
- Tarkibga kech qo‘shildingiz. Bu jismoniy holat bilan bog‘liqmi?
- Hozircha to‘lik tiklandim, deya olmayman. 70 yoki 80 foiz jarohatdan qutuldim.
- "Paxtakor"da nimalar o‘zgargan?
- Klubda hamma narsa o‘zgargan. O‘ylashimcha, jamoamiz kuzda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi.
- Uzoqdan bugungi kabi gol urishning qandaydir siri bormi?
- Avvalo, hammasi Xudodan. Biz faqat "gol bo‘lsin", deb tepamiz, xolos (kuladi).
- Jamoaga OChLda ham yordam berasizmi yoki taklif bo‘lsa, boshqa jamoaga o‘tib ketasizmi?
- Bu savolni ochiq qoldirganim ma’qul.
Fikrlar