
Sarabiya o‘yin amaliyoti kamligi uchun PSJdan ketmoqchi
"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Pablo Sarabiya tez orada Parijni tark etadi.
"Lequipe" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik vinger kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani tufayli ketishga qaror qilgan. U qishki transfer oynasida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Unga "Atletiko"dan qiziqish bor.
Pablo joriy mavsum parijliklar safida 16 uchrashuvda maydonga tushdi, shulardan atigi 4 tasi asosiy tarkibda. E’tiborlisi, u haligacha o‘z hisobiga birorta gol yozib qo‘ygani yo‘q.
Sarabiyaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. 30 yoshli futbolchining transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar