Sanjar Tursunovdan ilk qadam va u keyingi bosqichda

  • 6 mart, 2020, 22:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyadagi litsenzion turnirning bugungi dasturidan o‘rin olgan janglarda hamyurtimiz Sanjar Tursunov (-91 kg) ham ringga ko‘tarildi.

Tecno

U iroqlik Tariq Muhammad Rabeah bilan chorak final bosqichiga chiqish uchun bahs yuritdi. Xabaringiz bor, bu vazn toifasiga ham 4 ta yo‘llanma tikilgan.

Hamyurtimizga qur’a nisbatan qulay kelgan desak yanglishmagan bo‘lamiz. Sababi, u final ostonasiga qadar u qadar jiddiy raqiblar bilan to‘qnash kelmaydi. Chunki, bu vaznning etakchilari qozog‘istonlik Vasiliy Levit hamda janubiy koreyalik Xyong Kyu Kim bilan finalga qadar yo‘llari kesishmaydi. Lekin bu bir tahmin xolos. Aslida, bunday muhim musobaqada har qanday raqibdan jiddiy xavf kutish mumkin.

Jangda Sanjar to‘liq ustunlik qildi. U ilk raunddan boshlab, birini raqamda harakat qildi va aniq zarbalarni ko‘plab yo‘lladi. Yakunda, g‘alabani qo‘lga kiritib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!