
Sane: "Bavariya"da ko‘p unvonlarni qo‘lga kiritmoqchiman
Germaniyalik yarim himoyachi Leroy Sane "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng o‘zining taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya" – o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadigan juda katta klub. Ularning tanlagan yo‘li mening qarashlarimga mos keladi. Jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Xans Flik bilan eski qadrdonlarmiz, munosabatlarimiz juda yaxshi. U bilan birga yoshlar terma jamoasida birga ishlaganmiz.
"Bavariya" safida ko‘p unvonlarni qo‘lga kiritmoqchiman va men uchun birinchi o‘rinda Chempionlar ligasi g‘olibligi", - deydi Sane.
Fikrlar