
Sancho Bundesligada rekord o‘rnatdi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sancho kecha Bundesliganing 16-turidan o‘rin olgan "RB Leyptsig"ga (3:3) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Bu esa uning Bundesliga uchrashuvlarida kiritgan jami 22-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, Sancho Bundesligada 22 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi – 19 yosh 269 kun.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi rekordchi Xorst Keppel bo‘lgan.
Fikrlar