
"Sampdoriya" futbolchisi o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi
Italiya A seriyasi 19-turi doirasida "Sampdoriya" "Breshiya"ni o‘z maydonida qabul qildi.
Uchrashuvni mezbonlar qiyinchiliksiz o‘z foydasiga hal qilishdi, Fabio Kvalyarella esa o‘z nomiga ikkita gol yozib qo‘ydi.
Shunday qilib, 36 yoshli futbolchi A Seriyada 16 yildan buyon gol kiritayotgan futbolchiga aylandi. Fabio Italiya chempionatidagi dastlabki golini 2005-yilda kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Kvalyarella 26 gol bilan Italiya chempionati to‘purariga aylangan edi.
Fikrlar