
Saloh "Liverpul"ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra jamoaning o‘tgan aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, misrlik futbolchi so‘rovnomada Sado Mane va Jordan Xendersonlarni ortda qoldirishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Saloh aprel oyida jami 6ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, bu Saloh uchun birinchisi emas. U joriy yilning oktyabr va dekabr oylarida ham “Liverpul”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar