Saloh "Liverpul"dan qancha maosh so‘ramoqda?

  • 16 yanvar, 2022, 17:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Misrlik hujumchi Muhammad Saloh Mersisayd klubidan haftasiga 400 ming funt maosh talab qilmoqda. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Avvalroq, klub va futbolchi yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani ma’lum qilingan edi. Salohning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Ayni paytda Misr terma jamoasi bilan Afrika millatlar kubogida ishtirok etayotgan futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 golga assisentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
O‘tkirxoja Axmedov
18/01/2022 11:33
Бу олса булаверади дембеле хам захирада утириб йилига 40 милйон сураб йотибтию