
Saka "Real"ga qarshi muhim bahs oldidan tayyor bo‘ladimi? Arteta javob berib o‘tdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Bukayo Sakaning safga qaytgani va qachon o‘yinlarga qo‘shilishi mumkinligi haqida batafsil gapirdi.
"Saka o‘yin uchun tayyor! U allaqachon "Fulxem"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, ha... buni ertaga ko‘ramiz.
U allaqachon barcha ehtiyot choralarini ko‘rdi. Endi uni maydonga tushirish uchun eng to‘g‘ri paytni tanlash muhim. U o‘ynashni juda xohlayapti" - dedi ispaniyalik mutaxassis.
"To‘pchilar" 1 aprel kuni "Fulxem"ga 5 aprel kuni esa "Everton"ga qarshi maydonga tushishsa, UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida Madridning "Real" klubi bilan kuch sinashishadi. Ushbu bellashuv esa 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar