Saka: "Hozircha barchasi rejamiz bo‘yicha ketmoqda"

  • 27 dekabr, 2022, 11:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Saka London derbisida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.

Tecno

Saka ikkinchi bo‘lim jamoasi uchun birinchisiga qaraganda ancha yaxshi o‘tganini ta’kidladi. Yarim himoyachining qayd etishicha, futbolchilarning uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng yana avvalgi o‘yin ritmiga qaytganliklari juda muhim.

"Hammamiz bir maqsad sari intilamiz, ya’ni har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish missiyasi muvaffaqiyatli bajarilmaguncha kurashaveramiz. Hozircha barchasi rejamiz bo‘yicha ketmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Saka.

Eslatib o‘tamiz, Arteta shogirdlari "bolg‘achilar" ustidan 3:1 hisobida irodali g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolishadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!