
Sabina Sharipova yakkalik bahslarini ham g‘alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Tailandning Nontxaburi shahrida o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslarida ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Sabina ushbu bosqichda avstraliyalik Alana Parnabini 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi davrada hindistonlik Riya Batiya bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz S.Sharipova meksikalik sherigi Viktoriya Rodriges bilan juftlik bahslarining chorak finaliga yo‘l olgan edi. Bugun ular yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda belgiyalik Magali Kempen va shveytsariyalik Simona Valtert bilan raqobatlashadi.
Fikrlar