"Saber" jamoasi klublar o‘rtasidagi musobaqani g‘alabalar bilan boshladi

  • 31 avgust, 15:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

O‘zbekistonning yangi tashkil etilgan "Saber" jamoasi Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida start olgan Qit’alararo dzyudo ligasi turnirida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.    

Tecno

"Triumf" arenada o‘tayotgan musobaqada jami 13 ta klub qatnashyapti. "Saber" klubi Moskvaning MGFSO, Qozog‘istonning "Jenys" hamda Hindistonning "Bombay Judo Club" jamoalari bilan "S" guruhidan joy olgandi.

Quvonarlisi, dzyudochilarimiz "Jenys" jamoasini 3:2, mezbonlarning MGFSO klubini esa 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. 

"Saber" jamoasi tarkibi: Muhriddin Tilovov (-66 kg), Aziz Ortiqov (-66 kg), Hojiakbar Toshev (-73 kg), Nodir Mavlonberdiev (-81 kg), Aziz Avazmurodov (-90 kg), Javohir Murodillaev (+90 kg).

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!