Ro‘ziqul Berdiev: Chempiondan yaxshi o‘ynab, mag‘lubiyatga uchradik

  • 7 avgust, 2021, 00:04
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvida poytaxtliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, kurashlar va hissiyotlarga boy bellashuv bo‘ldi. Biz raqibga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga imkon bermadik. Menimcha, "Paxtakor" bugun eng yomon o‘yinlaridan birini o‘tkazdi va yakunda g‘alaba qozondi. Raqibga o‘yin bermaslik uchun ko‘proq bosim uyushtirishimiz talab etilardi va o‘ylaymanki, bahs uchun tanlagan taktikamiz bizga qo‘l keldi. 

Menimcha, bugun "Paxtakor"ga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Chempiondan yaxshi o‘ynadik, biroq mag‘lubiyatga uchradik. Himoyachi va darvozabonimiz yo‘l qo‘ygan xato tufayli imkoniyatni boy berdik.

Superligamizda bizning futbolchilardan ko‘proq yuguradigan birorta jamoani bilmayman. Shuning uchun, biz pressingda harakat qilamiz. Mag‘lubiyatlarimizga sabab qilib etakchi futbolchilarimizning yo‘qligini ko‘rsatgan bo‘lardim. Menimcha, ular qaytsa, siz kutgan futbolni namoyish eta olamiz.

Bilsangiz, "Paxtakor" hujumlari asosan, Odil Hamrobekov orqali boshlanadi. Oybek Bozorovning bugungi o‘yin uchun vazifasi uni zararsizlantirish edi. Balki Oybek hujum bobida o‘zini ko‘rsata olmagandir, lekin men yuklagan vazifani uddaladi.

O‘yin vaqtida hissiyot bilan hakamning qarorlariga e’tiroz bildirishimning nimasi yomonligini tushunmayman. Ularni haqorat qilmayapman. Men murabbiyman. Tabiiyki, ayrim vaziyatlarda jahlim chiqadi. Futbolimiz shu bilan qiziq-ku, axir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
07/08/2021 19:32
Уйинчиларни тартибсизлиги нималаргаолиб келди Шерзод Насруллаев 5 та уйинга, А.Мазгавой 2 та уйинга четлатилгани Насафга 6 ачкога тушди, хозир бировни урадиган замон эмас, профиссионалликни ургатинг уйинчиларга, Пахтакор 2 чи таймда 25 минутлар тупни майдон ташкарисидан олиб килишга сарфлади!
Akbarali Abdunazarov
07/08/2021 12:01
Рузикул ака охирги вактлар Тошкент жамоаларига куп ютказаяпмиз, АГМК га карши уйинда галаба кутиб коламиз, очиги АГМКга агар ютказсак бу мухлислар ва жамоага зам каттик боради!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/08/2021 10:32
Shu uyin kursatdiki Nasafka uyin taraflama ting keladigan klub kurmadim hali. Pahtakor durak gol urdi. aytarli hujim ham qilmadi keyin Pahtakor nicha yilderku kuchi etmayapti. bu erga. Ravshan Ermatovni ham hissasi katta. Akmal Mazgavoy va Sherzod Nasrulloev. jazo qullagani. ong ravishka. qilingan harakati. Nasafka shunchaki tan berish kerar safar. har tarafdan bosim bulisha qaramay shuncha uynap berapti bulmasa. ochiqchasiga. ezishadi. yana Nasaf esa ezib quyadi.