
Rossiya O‘zbekistonga qarshi o‘yinga kuchli tarkib tanladi!
Rossiya yoshlar terma jamoasi iyun oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Bosh murabbiy Ivan Shabarov bu yig‘inga yakuniy tarkibni tanladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonga 23 nafar iste’dodli o‘yinchi olib kelinadi. Vaziyatga qarat tarkib yanada kuchaytirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni tanladi.
Darvozabonlar:
Mixail Tsulaya (“Arsenal”), Daniil Veselov (“Lokomotiv”).
Himoyachilar:
Nikita Bozov (“Baltika”), German Ignatov (“Rostov”), Ivan Lepskiy (“Sokol”), Nikita Lobov, Ivan Shilenok (“Zenit-2”), Mixail Ryadno (“Rodina”), Vadim Churilov (“Torpedo”), Nikita Babakin (“Rostov-2”).
Yarim himoyachilar:
Dmitriy Aleksandrov, Denis Bokov, Viktor Okishor, Egor Smelov (“Dinamo”), Kirill Glebov (TsSKA), Ilya Ishkov (“Ural”), Danila Kozlov (“Krasnodar”), Aleksey Koltakov (“Rostov”), Dmitriy Pestryakov (“Akron”), Vadim Rakov (“Lokomotiv”), Mixail Shetinin (“Fakel”).
Hujumchilar:
Konstantin Dorofeev (“Turon”, Qozog‘iston), Anton Shamonin (“Rostov”).
Ivan Shabarov Rossiya Premer-ligasida to‘p tepayotgan ikki himoyachi – TsSKA vakili Jamoliddin Abduqodirov va “Rubin” o‘yinchisi Ilya Rojkovni ham e’tibordan qochirgani yo‘q. Hozircha, Rossiya milliy terma jamoasiga yig‘iniga jalb qilinishi rejalashtirilayotgan bu iste’dod egalari vaziyatiga murabbiy quyidagicha izoh berdi.
- O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yinlarga asosan 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar va yana bir necha bir yosh kichik futbolchilarni jalb qildik.
Tarkib O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinlariga 2005 yilda tug‘ilgan o‘yinchilarni tushurishidan kelib chiqib shakllantirildi.
Taklif olganlarning aksariyati avval ham terma jamoaga jalb qilingan, biroq bu gal yangilari ham bor. Birinchi navbatda, 2006 yilda tug‘ilgan hozircha uch nafar futbolchi – Dmitriy Aleksandrov, Viktor Okishor va Dmitriy Pestryakovning nomini tilga olish mumkin.
Lekin bu tarkib kengayishi mumkin. Bu Ilya Rojkov va Jamoliddin Abduqodirov milliy terma jamoaning yakuniy qaydnomasiga kirish yoki kirmasligiga bog‘liq masala.
Bo‘lajak raqibimiz juda yaxshi, munosib jamoa. Bizda raqib haqida ma’lumotlar bor. Fevral oyida bu jamoa Osiyo kubogida qatnashdi, bir nechta yaxshi uchrashuvlarni o‘tkazdi, chorak finalda murosasiz kurashda Janubiy Koreyaga yutqazib qo‘ydi, - dedi Ivan Shabarov.
O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi 5 va 8 iyun kunlari Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tashkil etiladi.
Fikrlar