
Rossiya klubidan yirik g‘alaba, "Atalanta" esa MYuni enggan jamoani mag‘lub etdi
Evropa Chempionlar ligasi "H" guruhidan o‘rin olgan "Zenit" - Malmyo" bahsi yakuniga etdi va mazkur o‘yinda ruslar 4:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sankt-Peterburg klubi safida gollarga Klaudino, Kuzyaev, Sutormin va Vendel mualliflik qildi.
Shuningdek, "F" guruhida ham yuqoridagi o‘yin bilan parallel tarzda "Atalanta" - "Yang Boyz" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yin taqdirini Pessinaning 68-daqiqada urgan yagona goli hal qildi va uchrashuv bergamoliklar foydasiga 1:0 natijasi bilan yakunlandi.
Fikrlar