
Roppa-rosa bir yil! O‘zbekiston so‘nggi bora "Yuventus" va "Milan" futbolchisi gol urgan o‘yinda mag‘lub bo‘lgan
"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Aliqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozim, so‘nggi bora O‘zbekiston terma jamoasi roppa-rosa bir yil avval, aniqrog‘i 2023 yilning 10 sentyabr kuni AQSh terma jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Vea, Pepi hamda Pulishichning gollari shimoliy amerikaliklarga yirik g‘alabani taqdim etgandi.
Qayd etish lozim, O‘zbekiston bu vaqt ichida Avstraliya, Qatar va ikki bora Eron kabi nomdor terma jamoalarga qarshi bahs olib bordi.
Garchi, terma jamoamiz Qatarga Osiyo Kubogi chorak finalida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan bo‘lsa-da, asosiy vaqtda durang natija qayd etilgan va qatarliklar penaltilar seriyasida zafar quchgan. Bunday holatda mag‘lubiyat statistikada qayd etilmaydi.
"JCh-2026" saralashi ikkinchi va uchinchi bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularning 6 tasida g‘alaba va 2 tasida durang natija qayd etilgan (har ikkisi Eron bilan).
Qayd etish lozim, ikkinchi bosqichdagi raqibimiz Eron uchinchi bosqichda ham bizga raqiblik qiladi. Keyingi uchrashuv aynan forslarga qarshi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Karim Xudayqulov
Fikrlar