
Ronalduning asosiy maqsadi nima? Sobiq jamoadoshi bunga javob berdi
"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Unda dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lish istagi bor edi. U shaxsiy sovrinlarni ustun qo‘yishini ochiq oydin aytgan men bilan o‘ynagan sanoqli futbolchilardan biri. Ronaldu faqat eng zo‘ri bo‘lishni istaydi. U gollar urish bo‘yicha Pelening rekordini yangilamoqchi. Ronalduning yagona maqchadi - barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi bo‘lish”, - deydi Nevill.
Aytish kerakki, Pele futbolchilik faoliyati davomida jami 1283 ta gol urgan. Ronaldu hisobida esa hozircha 725 ta gol bor.
Fikrlar