
Ronalduga saudiyaliklar ishonishda davom etadi
Krishtianu Ronaldu PSJga qarshi unutilmas o‘yinda jamoasining sardori bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi klub sardorlik bog‘ichini taqib ko‘rayotgani aks etgan video tarqaldi.
PSJning Saudiya klublarining eng yaxshi futbolchilariga qarshi o‘yini 19 yanvar kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda "Al-Hilol" va "Al-Nassr" jamoalaridan o‘yinchilar tanlab olinadi.
Shuningdek, Ronaldu shu kuni Saudiya Arabistonidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. U diskvalifikatsiya sababli hozircha maydonga tusha olmayotgandi.
Fikrlar