
Ronaldu Shensni bilan suhbatda: "Barselona"ga o‘tish uchun faoliyatingni yakunlagan ko‘rinasan"
Millatlar ligasi doirasida Polsha va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan (1:3) hujumchi Krishtianu Ronaldu darvozabon Voytsex Shensni bilan suhbatlashdi.
Avvalroq, darvozabon faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, "Barselona"ga o‘tish voqeasi uni qaytishiga sabab bo‘lgan edi. Suhbat chog‘ida darvozabon o‘g‘lining Ronaldu muxlisi ekanligini aytdi. Bunga Ronaldu hazil bilan javob berdi:
- Bilaman, bilaman (kuladi). Ajoyib. Katta klubga o‘tish uchun sen faoliyatingni tugatishga majbur bo‘libsan-da.
Ma’lumot uchun, bir necha yil avval Shensni va Ronaldu birgalikda "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar