
Ronaldu Ronaldoga yoqmaydi!
"Real" Madrid klubi va Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Ronaldo o‘zi yoqtirgan futbolchilarni aytib o‘tdi. E’tiborlisi, u bu ro‘yxatga portugaliyalik forvard Krishtianu Ronalduni kiritmadi.
“Messi – birinchi raqam. Bunday iqtidorlar 20-30 yilda tug‘iladi. Menga shuningdek, Azar, Saloh va Neymar ham yoqadi. Albatta, Mbappening o‘yinlarini kuzatishni ham yaxshi ko‘raman. Ko‘pchilik uni menga o‘xshatadi. U juda tez va imkoniyatdan unumli foydalanadi. Kilian ajoyib harakatlanadi va ikkala oyog‘ida ham zo‘r zarba bera oladi”, - deydi Ronaldo.
Fikrlar