
Ronaldu Portugaliya terma jamoasini muddatidan oldin tark etadigan bo‘ldi
Xabaringiz bor, kecha Portugaliya terma jamoasi Polshani 5:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘z navbatida Xorvatiya terma jamoasi shu kuni Shotlandiyaga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Natijada, Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida guruhda birinchi o‘rinni egallashini kafolatladi.
Polshaliklarning mag‘lubiyatidan so‘ng Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines ba’zi futbolchilarni muddatidan avval klublarga qo‘yib yuborish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
"Xorvatiyaga qarshi o‘yin muhim, ammo biz boshqa futbolchilarga imkoniyat berishimiz kerak. Biz Bernardu Silva, Pedro Neto, Krishtianu Ronaldu va Bruno Fernandeshni qo‘yib yubormoqchimiz”, - dedi Martines jurnalistlarga.
Qayd etish lozimki, Bruno Fernandesh diskvalifikatsiya tufayli Xorvatiyaga qarshi o‘yinda baribir maydonga tusha olmas edi.
Fikrlar