Ronaldu o‘zi bilan o‘ynagan ikki yulduzni “An-Nasr”ga o‘tishga ko‘ndirdi

  • 6 iyun, 2024, 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Real”da va “Manchester Yunayted”da o‘zi bilan o‘ynagan ikki yulduzni “An-Nasr”ga o‘tishga chaqiryapti.

Tecno

“Real” sardori Nacho madridliklar safida so‘nggi mavsumini o‘tkazdi. Unga Evropaning turli klublaridan chorlovlar bor. Biroq Ronalduning da’vati ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin.

Ikkinchi nomzod ham “Real”, ham “Manchester Yunayted”da portugaliyalik yulduz bilan birga o‘ynagan Kazemiro. Manchesterliklar katta maosh olayotgan va kutilgan samarani bermayotgan braziliyalik yarim himoyachidan tezroq qutilmoqchi.

Kazemironing o‘zi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tib, moddiy ahvolini yaxshilab  olishga qarshi emas.

“An-Nasr” rahbariyati jamoada ijobiy o‘zgarishlarni yasay olgan 39 yoshli hujumchining o‘ziga ham shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!