Ronaldu olish uchun borini beradigan klub nomi oshkor bo‘ldi

  • 9 aprel, 08:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum yakunlanganidan keyin hozirgi jamoasi “An-Nasr”dan ketishi mumkin.

Fichajes nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni “Al-Hilol” qirq yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solishga belbog‘lagan.

Klub rahbariyati FIFA yangi formatda tashkil etayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Ronaldu aynan “Al-Hilol” sharafini himoya qilishini istayapti. Ular mashhur yulduzning transferi klub imidjini ko‘tarishga xizmat qiladi, degan fikrni ilgari  surmoqda.

 So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydigan portugaliyalik yulduzning o‘zi yangi musobaqada qatnashish ishtiyoqi juda baland. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining boshqa ishtirokchilari ham Ronalduni qisqa fursatga bo‘lsa-da, o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!