
Ronaldu: "Men bilan Yamalni solishtirib bo‘lmaydi"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi finali oldidan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal bilan bo‘ladigan raqobat haqidagi fikrini bildirdi.
"Biz turli avlodmiz – biri endi boshlanmoqda, ikkinchisi esa yakuniga etmoqda. Laminni menga emas, balki Vitinyaga qiyoslash kerak. Ammo men bunga qarshi emasman, tanqidni qabul qila olaman.
Aslida, bu o‘yin ikki terma jamoa o‘rtasidagi raqobatdir. OAV bunday uchrashuvlarni qizitishini tushunaman – bu tabiiy holat. Eng asosiysi, Portugaliya yaxshi o‘yin ko‘rsatishini va, ehtimol, dunyodagi eng kuchli jamoani mag‘lub etishini istayman", – dedi 40 yoshli hujumchi o‘yinoldi matbuot anjumanida.
Fikrlar