
Ronaldu kuchlimi yoki Messi? Bu savolga Lempard javob berdi
"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi Frenk Lempard zamonamizning eng buyuk ikki futbolchisi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirdi.
“Menga bu bahslar yoqmaydi. Men ikkalasiga ham qarshi o‘ynaganman, ayniqsa “Manchester Yunayted” davridagi Krishtianuga qarshi ko‘proq. Messi "Barselona"da o‘ynaganida unga qarshi boshqacha o‘ynaganman. Shaxsiy va iqtidor nuqtai nazaridan Messi barcha davrlarning eng zo‘ri. Bu mening fikrim. Lekin Krishtianuning o‘zini qanday yaratganligi, maqsadlari, o‘yinga ta’siri, fidoyiligi, hozir ham davom etayotgan ishtiyoqi... Men ikkalasini ham birdek hurmat qilaman. Birini ikkinchisidan ustun qo‘yish nohaqlik bo‘ladi deb o‘ylayman. Ularning ikkalasiga, ajoyib saviyadagi futbolchilarga qarshi o‘ynaganim men uchun sharafdir”, - dedi angliyalik sobiq futbolchi TNT Sports Mexico’ga bergan intervyusida.
Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida, Lionel Messi esa AQShning "Inter Mayami" klubida faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar