
Ronaldu jamoada kim o‘ynashini hal qiladigan bo‘ldi
“An-Nasr” rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga transferlarga aralashish vakolatini berdi, deb xabar tarqatdi Ispaniyaning AS nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz endi transferlar bo‘yicha maslahat berish va vaziyatni tahlil qilish orqali jamoaga yordam beradi.
Klub xo‘jayinlari bu qarori orqali Ronaldu atrofiga portugaliyalik yulduz ma’qul ko‘rgan kuchli futbolchilarni jamlash imkoniga ega bo‘lmoqchi.
Ronaldu Saudiya Arabistoniga yanvarda ko‘chib o‘tgandi. Hozirga qadar Arabiston chempionatida 16 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 marta ishg‘ol qildi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar